Nurafshon shahrida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi yoshlar markazida muddutli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Harbiy prokuratura, viloyat FVB, MG, Mudofaa ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilotlar yoshlar uchun o‘zlarining takliflari bilan ishtirok etdilar.

Jarayonda viloyat FVBga 100 ga yaqin yoshlardan murojaat kelib tushdi va tegishli tartibda ularning ro‘yxati shakllantirilib, ijrosi nazoratga olindi.