Kuni kecha, Navoiy viloyati FVB rahbariyati boshchiligida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda otaliqqa olingan yoshlarni bandligini ta’minlash, kasblarga qiziqtirish maqsadida viloyat “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka davomida ishlash istagini bildirgan bir nechta yoshlar ro‘yxati shakllantirilib ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Yakunda yoshlar “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.