Suv havzalarida baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlari

Andijon viloyati FVB xodimlari tomonidan cho‘milish mavsumida fuqarolarning cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida hududdagi kanal, ariq va boshqa suv havzalarida cho‘milishni taqiqlovchi targ‘ibot materiallari o‘rnatilmoqda. Shuningdek,  cho‘milish taqiqlangan hududlarda reyd tadbirlar olib borilib, aholi bilan cho‘milishning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.