Bugun, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari boshlandi. O‘quv mashqini Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov bevosita joyidan ishtirok etib, boshqarib bormoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashqi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida energetika va kommunal soha obyektlarining 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ham amaliy harakatlar olib boriladi. 

Shuningdek, jarayonda aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda talofotlarni oldini olish, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari hamda kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni bajarish, fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarligini oshirishdan iborat bo‘ladi.

O‘quv mashqi 31-iyul kuniga qadar davom etadi.