Oromgohlarda vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda

Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati FVB va Qarshi harbiy prokuraturasi hamkorligida Shahrisabz shahridagi "Beruniy" nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yoshlarni vaqtini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida ko‘rgazmali tadbir o'tkazildi.

Jarayonda maskanning ishchi xizmatchilaridan iborat “Fuqaro muhofazasi” tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi bo‘yicha bilimlari ham sinovdan o‘tkazildi. 

Albatta, bunday tadbirlar yoshlarning ongida vatanga boʻlgan mehr va sadoqat timsollarini yanada oshirishga xizmat qiladi.