Bugun, 30-iyul kuni Fuqaro muhofazasi institutida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida hamkorlikdagi tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi, Iqlim o‘zgarishiga moslashuv bo‘yicha Milliy rejani ishlab chiqish idoralararo guruhi vakili, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlari ittifoqi va O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati rahbar xodimlari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida ofatlar tahdidi yuqori hisoblangan mintaqalarda joylashgan umumta’lim, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar haqidagi xabardorligini oshirish, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga jalb etish, bu boradagi milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.