Nukusda "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 31-iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Yoshlar markazida” tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar hamda 2-sektor hududidan 100 yaqin yoshlar bilan "Vazir va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi. 

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida Yoshlar texnoparkiga ekskursiya tashkil etilib, yoshlar u yerda IT va texnika yangiliklari bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida, ishtirokchi yoshlarga "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.