Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U.Ermanov ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini joyidan nazorat qilib bormoqda. Jarayonga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi shaxsan Davlat rahbarining nazoratida.