Bugun, 31-iyul kuni Namangan viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida Namangan shahrida joylashgan “Barkamol avlod” sport majmuasida o‘tkazilayotgan “Yong‘in-qutqaruv sporti” bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionati”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Vazirining birinchi o‘rinbosari va viloyat hokimi bugungi kunda sohaga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarga zafarlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar FVBlari va tarkibiy tuzilmalardan kelgan 19 ta erkaklar hamda 16 ta ayollar jamoalaridan iborat jami 350 nafardan ortiq sporchilar o‘zaro bellashmoqdalar.