Avval xabar berganimizdek, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Xorazm viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu o‘quv mashqining dastlabki kunida viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadning saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan Tezkor shtab faoliyati ko‘zdan kechirilib, har bir o‘quv nuqtasida jarayonlarni baholab borish va onlayn videokuzatuvni amalga oshirish ishlari o‘rganildi. O‘quv mashqi davomida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy fililali, “Urganchtransgaz” UK magistral gaz tarmoqlariga qarashli Urganch magistral gaz quvurlar boshqarmasi, Yangiariq tumanidagi “ODAS ENERJI SA” MChJga qarashli gaz porshenli elektr stansiyasi, “Yangiariq tuman elektr tarmoqlari” hamda “Urganchtransgaz” UKga qarashli “Gaz-energikta’mir” ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan shartli favqulodda vaziyatlar va avariyalarni bartaraf etish amaliy harakatlari bo‘yicha o‘quv nuqtalari joyiga chiqqan xolda hamda qolgan o‘quv nuqtalari onlayn tarzda kuzatib borildi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari 3-avgust kuniga qadar davom etadi.