Bugun, 2-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi Raisi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida Urganch shahrida joylashgan Ma’mun Universitetida vazirlik tizimida xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar hamda viloyatning shahar, tumanlaridan jami 140 nafarga yaqin yoshlar bilan "Vazir va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari ham tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi tashkil etilib, yoshlar qutqaruvchilar xizmati davomida foydalanadigan zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir yakunida, faol yoshlarga "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikasi tantanali topshirildi.