Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyatida “Yong‘in-qutqaruv sporti” bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionati” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalaridan jami 19 ta erkaklar hamda 16 ta qizlar terma jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqada ishtirokchilar ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, ikki kurash, 4x100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, yong‘in o‘chirish avtomobilidan jangovar yoyilish hamda kross-fit (kuch ishlatish mashqlari) turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakuniy natijalarigi ko‘ra, erkaklar terma jamoasi o‘rtasida, Qashqadaryo viloyati terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi 2-o‘rinni hamda Buxoro viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar terma jamoasi o‘rtasida, Qashqadaryo viloyati terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toshkent viloyati terma jamoasiga 2-o‘rin hamda Sirdaryo viloyati terma jamoasiga 3-o‘rin nasib etdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari kubok, medal, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.