So‘ngi yillarda davlatimiz tomonidan yurtimiz yoshlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati FVB tomonidan otaliqqa olingan viloyatdagi 32560 nafar yoshlarni 7 toifaga ajratilgan holda, muayyan rejalar asosida, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida 1994 marotaba, vatanparvarlik ruhidagi 1840 marotaba tadbirlar, 42 marotaba “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida musobaqalar, 437 nafar yoshlarni bandligi ta’minlanishiga, 33 nafar yoshlarga moddiy yordam ko‘rsatilishiga erishilib, 136 nafar yoshlarning muammolari ijobiy hal etildi.