Bugun, 2-avgust kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Bektemir tumanida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda kommunal va energetika obyektlarida sodir bo'lishi mumkun bo'lgan favqulodda vaziyatlar, yirik avariyalarni bartaraf etishda FVDqT boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakati bo'yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo'mondonlik-shtab o'quv mashqiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.