Profilaktik reyd tadbirlari

"Karkidon" suv omborida kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash hamda suvda cho'kish bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida profilaktik reyd tadbirlari o'tkazildi.

Farg'ona viloyati FVB xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Quva tumanida joylashgan "Karkidon" suv omborida profilaktik reyd tadbirlari amalga oshirildi. Tadbirlar davomida cho‘milish ruxtas etilmagan joylarda cho‘milayotgan fuqarolar bilan profilaktik tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi "Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 484-son qarori talablariga amal qilmasdan foydalanib kelinayotgan kichik hajmli kema egalariga nisbatan ma'muriy bayonnama rasmiylashtirildi.