Joriy yilning 2-avgust kuni Navoiy Harbiy prokuraturasi hamda “Ijtimoiy milliy agentligi huzuridagi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi”ning Navoiy viloyati xududiy boʻlimi hamkorligida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tuzilmalarida xizmat qilayotgan xarbiy xizmatchi va xizmatchilar oʻrtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishlari shuningdek, harbiy xizmatchi va xizmatchilarni huquqiy ongi va maʼdaniyatini oshirishga qaratilgan yigʻilish o‘tkazildi. Yigʻilish davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.