Shirin shahrida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘i, Guliston harbiy prokurori, Shirin shahar hokimligi hamda yosh harbiy xizmatchilar, xizmatchilar va uyushmagan yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zlarining uzoq yillik ish tajribalari bilan o‘rtoqlashib, eng so‘nggi o‘zgarishlar, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar. Kasb tanlash arafasidagi yoshlarga kerakli yo‘nalishlar va band bo‘lmagan yoshlarga ish joylarini topishda ko‘mak berildi.