Ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi

Namangan viloyati Pop tumanidagi “Pop” chegara-bojxona postida tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Unda viloyat FVDqT xizmatlarining xamkorlikdagi xarakatlari sinovdan o‘tkazilib, qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni olib borishda boshqarish bo’yicha fuqaro muhofazasi boshliqlarining amaliy ko’nikmalari mustaxkamlandi.