Keng miqyosdagi “Qovun sayli” festivalini xavfsiz o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda  

Har yili avgust oyida Xiva shahridagi ochiq osmon ostidagi muzeyda “Qovun sayili” festivali o'tkaziladi.  Doim keng miqyosda o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan ko‘plab mehmonlar hamda ko‘plab xorijiy sayyohlar ishtirok etadi.

Bayramni xavfsiz o‘tkazish bir qator ixtisoslashtirilgan tuzilmalar, jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan ta’minlanadi. Kuni kecha,  O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligidagi ishchi guruh obyektni har tomonlama ko‘zdan kechirib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish nuqtai nazaridan bayramni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.