Fidoiy qutqaruvchilar munosib taqdirlandi

 Bugun, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sohada hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

 

Tadbirda viloyat hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Botir Zaripov ishtirok etib, qutqaruvchilarning fidokorona mehnati, Vatanimiz va xalqimizga sadoqati uchun chuqur minnatdorlik bildirdi hamda alohida jonbozlik ko‘rsatayotgan qutqaruvchilarga esdalik sovg‘alari va pul mukofotlarini topshirdi.

 

Shuningdek, tadbir davomida Romitan tumani 13-kasbiylashtirilgan yong‘in qutqaruv qismi hamda Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 1-yong‘in qutqaruv qismiga yangi texnika taqdim etildi.