Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi E.A.Soliyev viloyatda o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga start berdi

Bugun, 7-avgust kuni Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Jizzax viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari boshlandi.

 

O‘quv mashqi davomida viloyat hududida energetika va kommunal soha obyektlarining 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar olib boriladi.

 

Dastlabki kunda viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadning saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Bugungi jarayonda 40 dan ortiq aholi va hududlar muhofazasiga mas’ul korxona va tashkilotlarda shartli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish harakatlari amaliy tarzda bajariladi. 

 

O‘quv mashqida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi E.A.Soliyev bevosita joyidan ishtirok etib,  jarayonlarni kuzatib bormoqda.