Buxoro tumanida yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat Harbiy prokuraturasi, Buxoro tumani hokimligi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda “Rabotiqalmoq” MFY yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuv davomida yoshlarga har bir inson o'z kasbini sevishi, unga sadoqatli bo'lishi va albatta o'z ustida ishlashi orqali yuksak marralarga erisha olishi ta'kidlandi. Shuningdek yoshlarning qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida yong‘in qutqaruv asbob anjomlarining ko‘rgazmasi tashkil etilib, sohaga oid qiziqtirgan savollari yuzasidan to'liq ma'lumot berildi.