Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan bugun, 9-avgust kuni Toshkent viloyati Angren shahar Axborot-kutubxona markazida "Qamchiq" Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va qutqaruvchilari o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.