Navoiy viloyati Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida viloyat Hokimiyati, Harbiy prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi, FVB mas'ullarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ishtirokchilari yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o'z ustida ishlash, bilim olishga intilish samarali natija berishi haqida so'zlab, ularni kasb-hunar olishga bo'lgan qiziqishlarini yanda orttirdilar. Samimiy muloqot muhitida o'tgan suhbat yoshlarda iliq taassurot qoldirdi.