Qashqadaryo viloyatida seminar o‘tkazildi

Bugun, G‘uzor tumanida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda “Kuydirgi” kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirning nazariy qismida mas’ullar tomonidan qatnashchilarga “Epidemiologik va epizootologik” vaziyat yuzasidan ma’lumot berilib, mavzuga oid talab va takliflar tinglandi.

Amaliy qismida esa tumanning “Cho‘michli” qishlog‘ida aniqlangan shartli kuydirgi kasallik o‘chog‘ini belgilash va gumonlanuvchi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tartiblari amalda ko‘rsatib o‘tildi.