Xabaringiz bor, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi 5000 nafar yoshlarni otaliqqa olish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand shahridagi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi hududida vazirlik Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik kurslari o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugungi kunga qadar Samarqand viloyatining jami 12 ta tumanidan 2,5 mingdan ortiq yoshlar o‘quv kurslarida ishtirok etib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Bunday o‘quv kurslari Sirdaryo viloyatida ham o‘tkazib borilmoqda.