Namangan viloyati FVB profilaktik tadbirlari

Kuni kecha, Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan “Sardoba bozori” va “Chorsuv universal dehqon” bozorlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish maqsadida tungi o‘rganishlar oʻtkazildi.

Tungi tadbirda bozorlar hududida faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlar tomonidan elektr jihozlaridan foydalanishda  yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari, tunda ishchi holatda qoldirilgan har xil turdagi sovitish jihozlarini qarovsiz qoldirilmasligi, shuningdek, maxsus transport vositalarining harakatini cheklovchi sunʼiy toʻsiqlar oʻrnatib olinmasligi yuzasidan qoʻshimcha yoʻriqnomalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni oʻz oʻrnida bartaraf etish choralari koʻrildi.