Karmana tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Karmana tumani FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyat Xalq bankida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Jarayonda ishchi xizmatchilarga shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish, favqulodda vaziyat ro‘y berganda to‘g‘ri harakatlanish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tushuntirish ishlari olib borilib, tadbir ishtirokchilarining bu borada bilim va ko‘nikmalari mustaxkamlandi.