Toshkent viloyatining otaliqqa olingan yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani FVB tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida bir guruh yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

 

FVB boshligʻiga birikrilgan 53 nafar yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan suhbatda ularning muammo, takliflari va yutuqlari eshitilib, muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan koʻrgazmali targʻibot ishlari ham olib borilib, qutqaruvchilik kasbiga qiziqish bildirgan yoshlarga tavsiya va maʼlumotlar berildi.

 

Tadbir so‘ngida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarida hamda profilaktik tadbirlarda ishtirok etish yuzasidan oʻtkazilgan darslarda faol boʻlgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.