Brayl alifbosidagi o‘quv adabiyotlari va surdotarjimonli elektron qo‘llanmalari o‘z egalariga topshirildi

Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha surdotarjimonli elektron qo‘llanmalar va brayl alifbosidagi o‘quv adabiyotlari tayyorlandi. Ushbu qo‘llanmalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga, hududlardagi maxsus kutubxona vakillariga yetkazish maqsadida, bugun,  14-avgust kuni Fuqaro muhofazasi institutida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati va Toshkent shahar bo‘limi vakillari, Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar rahbarlari, Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va Toshkent viloyati filiali vakillari ishtirok etib, ularga 18 nomlanishdagi brayl alifbosida chop etilgan o‘quv adabiyotlar, 40 ta mavzudagi surdotarjimonli elektron qo‘llanmalar taqdim etildi.