O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul 2024-yil 15-avgust kuni soat 12:00 da Baxmal tumanida joylashgan "Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari Agentligi Baxmal tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi" ma’muriy binosida boshlanadi.
Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.