Bugun, 15-avgust kuni FVV Akademiyasida eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustqailligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida vazirlik harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”, “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” va “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq” bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti professori Muhammad Otajonov, Notiqlik san’ati Akademiyasi ta’lim muassasasi rahbari, professor, xalqaro “ANTIK DUNYO” va “TURON” fanlar akademiyalarining akademigi Rahimboy Jumaniyozov, taniqli kino rejissyor Ibrohim Rasulov, taniqli shoir va yozuvchi Sharobiddin Boltaboyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vazirlik va idoralar va nodavlat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxasisi Mahfirat Zikirova, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar, viloyatlar harbiy xizmatchilari, vazirlik axborot xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda davomida taniqli yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar, tanlov nizom talablari asosida, yosh havaskor ijodkorlarni har bir yo‘nalishdagi chiqishlarini kuzatib, shaffof va adolatli baholab borishdi. “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”, “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”, “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo‘yicha ijodkor qatnashchilar yig‘ilganlarni o‘z ijodlaridan bahramand etib, ularda katta taassurotlar qoldirdi.
Yakunda tashkilotchilar tomonidan barcha nominatsiyalari bo‘yicha sovrindorlar, faol ishtirokchilar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar hamda g‘olib va sovrindorlar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.