Otaliqqa olingan yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda 

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Termiz shahar FV boʻlimi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan tizimli ishlash hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 2-sektor hududidagi yoshlar ishtrokida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari hamda "Mini fudbol" boʻyicha Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi kubogi oʻtkazildi. 

Shuningdek, Qumqoʻrgʻon tumanidagi 2-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi  otaliqqa olingan yoshlar mutaxassislar ishtirokida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.