Olmaliq shahrida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, Toshkent viloyati FVB boshlig‘i  va Olmaliq shahar sektor rahbarlari ishtirokida boshqarma tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan "MiSIS" universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tkaziilgan uchrashuvda 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularning murojaat va takliflari bilan tinglandi. 

Bu muloqot yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha rahbarlar bilan ochiq va samarali suhbat qilish imkoniyatini taqdim etdi. Tadbir so‘ngida bir guruh faol yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yoshlar - kelajagimiz poydevori! Bu kabi uchrashuvlar ularning faolligini oshirishga, yangi g‘oyalar bilan ilhomlantirishga xizmat qiladi.