Kuni kecha, soat 21:25 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro “Mironqul” mahallasidagi tog‘larga dam olish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi va pastga tushib olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro 18-avgust kuni soat 01:30 da “Mironqul-Ohalik” tog‘ining dengiz sathidan 1000 metr balandlikdan topilib, xavfsiz hududga olib tushilgan.
Fuqaroning sog‘lig‘i yaxshi, unga hech qanday tan jarohati yetmagan.