Toshkent viloyatida maxsus-taktik oʻquv mashqi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ammofos-Maxam” AJda “Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi bilan bogʻliq avariyalarda obyekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda Olmaliq shahar FVDqT xizmatlarining hamkorligidagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Jarayonda barcha ishtirokchilar mavzuga doir amaliy mashqlar bajarib, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.