Samarqand viloyati FVB tomonidan Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va boshqa daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda ''Registon maydoni''da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish borasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra maydonda shartli yong‘in yuzaga kelgan bo‘lib, yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirildi.