Yoshlikda olingan bilim — toshga o‘yilgan naqsh kabidir, aynan shu maqsadda Surxondaryoda viloyati Sho‘rchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan “Qutqaruvchi – sharafli kasb” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Jajji bolajonlar qutqaruv va yong‘inni oldini olishga qaratilgan turli xildagi rasmlarni chizish bilan bir qatorda kundalik xavfsizlik qoydalari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.