Bugun, Buxoro viloyatida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari boshlandi

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev hamda Buxoro  viloyati hokimi B.K.Zaripov boshchiligida ushbu o‘quv mashqlari joyidan nazorat qilib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 21-23 avgust kunlari “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Buxoro viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

O‘quv mashqi davomida Buxoro viloyati hududida energetika va kommunal soha obyektlarining 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar olib boriladi.

Dastlabki kunda viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadning saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Bugungi jarayonda bir nechta o‘quv nuqtasida shartli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish harakatlari amaliy tarzda bajariladi. 

Shuningdek, jarayonda aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda talofotlarni oldini olish, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari hamda kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni bajarish, fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarligini oshirishdan iborat bo‘ladi.