Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining birinchi kuni yakunlandi

Buxoro viloyatida ixtisoslashgan tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirishga qaratilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining birinchi kuni yakuniga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli buyrugʻiga muvofiq bugun, 21-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev va Buxoro viloyati hokimi B.K.Zaripov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning energetik infratuzilmasi bilan tanishib chiqdi.

Ushbu o‘quv mashqining dastlabki kunida viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadning saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, o‘quv-mashqi davomida gaz, suv, elektr energiyasi ta’minoti tizimida avariya xolatlari ro‘y berganda ixtisoslashgan tashkilotlar kuch va vositalarining, shu bilan birga, o‘quv mashqi dasturi doirasida tezkor xizmatlarning ishlab chiqarish obyektlarida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish harakatlari amaliy tarzda bajarildi.