Buxoroda "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 22-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ishtirokida Buxoro shahrida joylashgan monomarkazda tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar hamda otaliqqa olingan yoshlar, “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar kulbi a’zolaridan iborat  100 dan ortiq yoshlar bilan "Vazir va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi. 

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbir yakunida, ishtirokchi faol yoshlarga "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.