Huquqbuzarliklar profilaktikasi Qashqadaryo viloyati misolida

Bugun, 22-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida boshqarma mas'ullari, Qarshi harbiy prokuraturasi va Diniy idora vakillari ishtirokida shaxsiy tarkib oʻrtasida tartib intizomni yaxshilash, huquqbuzarlik, jinoyat va korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan tezkor yigʻilish oʻtkazildi.

 

Jarayonda shaxsiy tarkib oʻrtasida harbiy intizomni mustahkamlash, individual tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, yoʻl transport hodisalariga qatʼiy rioya qilgan holda xizmat va shaxsiy avtomobilini boshqarish, korrupsion holatlarning oldini olish haqida so‘z yuritildi.