Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari yakunlandi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Buxoro viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bevosita joyidan ishtirok etib, jarayonlarni kuzatib bordi.
O‘quv mashqi davomida Buxoro viloyati hududida energetika va kommunal soha obyektlarining 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, jarayonda aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda talofotlarni oldini olish, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari hamda kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni bajarish, fuqaro muhofazasi sohasi tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv mashqi yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar Favqulodda vaziyatlar vaziri va viloyat hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig‘i rahbarligida soha masʼullari bilan tanqidiy muhokama qilinib, zarur ko‘rsatmalar berildi.