Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev hamda Navoiy viloyati hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig‘i N.T.Tursunov boshchiligida ushbu o‘quv mashqlari joyidan nazorat qilib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Navoiy viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv mashqi davomida Navoiy viloyati hududida energetika va kommunal soha obyektlarining 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Dastlabki kunda Favqulodda vaziyatlar vaziri viloyati hududidagi energetika va kommunal soha obyektlari va aholi yashash xonadonlarini ko‘zdan kechirib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi.
Shuningdek, viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadning saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Bugungi jarayonda bir nechta o‘quv nuqtasida shartli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish harakatlari amaliy tarzda bajarildi.
Jarayonda aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda talofotlarni oldini olish, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari hamda kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni bajarish, fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarligini oshirishdan iborat bo‘ladi.