FVV Markaziy apparatida o‘quv seminari tashkil etildi

Kecha, 22-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Vazirning birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i rahbarligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi va ularning hududiy tizimlari mas’ul rahbar-xodimlari ishtirokida “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida norma ijodkorligi faoliyatining bugungi kundagi natijalari” mavzusida onlayn tarzda o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, respublikada yonish
va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish jarayonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf qilish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘ldi.

Unda ishtirokchilariga, sohada faoliyatni samarali va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va bu bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, norma ijodkorligiga kiritilgan qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar talablari yetkazildi.