Bugun, 23-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev rahbarligida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari A.Muminov, Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi B.Mamadaliyev, markaziy apparat, FVV Akademiyasi rahbariyat tarkibi shuningdek, onlayn tarzda hududiy FVB boshliqlari, tuman va shahar bo‘lim boshliqlari va mahallalarga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida otaliqqa olingan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda kelgusida samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ish tashkil etish, bu borada ijobiy natijalarni rag‘batlantirish va har bir rahbarning mas’uliyatini yanada oshirish belgilab berildi.