Bugun, 23-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ishtirokida Navoiy shahrida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan "Vazir va yoshlar" uchrashuvida tizimda xizmat olib borayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar hamda otaliqqa olingan yoshlar, jamiyatda yuqori natijalarga erishgan bir guruh yoshlar, xususan, sportchilar, fan olimpiadasi g‘oliblari, “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar kulbi a’zolari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Tadbir yakunida, ishtirokchi faol yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining "Faxriy yorlig‘i" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.