FVV xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi
 
Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida erta tongdan xayriya hashari uyushqoqlik, hamjihatlikda boshlandi.
  
Hashar davomida ma’muriy bino va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalanib, tevarak-atrof, gulzorlar tartibga keltirildi. 

Ushbu ezgulik tadbiriga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida xodimlar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.