Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev Jizzax viloyatida yangi oʻquv yiliga obyektlar tayyorgarligi holatini o‘rgandi

Bugungi kunda yurtimizda ta’lim muassasalarini 2024-2025 o‘quv yillariga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Anashu maqsadda, Favqulodda vaziyatlar vaziri Jizzax viloyatida tegishli soha rahbarlari ishtirokida boshlanishi kutilayotgan yangi o‘quv yili oldidan hamda ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati boʻyicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida masʼul rahbarlarga ta’lim muassasalarining o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrishi, kuz-qish mavsumida barqarorlikni ta’minlash shuningdek, boshqa yo‘nalishlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.