Xorazm viloyati FVB tomonidan tegishli xizmatlar mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi madaniyat va istirohat bog‘larida o‘rnatilgan attraksionlarning umumiy texnik reglament talablariga javob berishi, texnik holati va xavfsizligi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilib, yo‘riqnomalar tarqatildi. Shuningdek, madaniyat va istirohat bog‘larida mavjud yaroqsiz, taʼmirtalab hamda qo‘lbola attraksionlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolar muhofazasini taʼminlash maqsadida ushbu attraksionlar elektr taʼminotidan ajratildi.